Ishlab chiqarilgan:Yaponiya
Yil:2013
Janr:Fentezi SarguzashtUrush
Turi:TV-1
Rejisyor:Araki Tetsuro
Asl muallif:Isayama Hadzime
Studiya:Wit Studio
Subtitrlar muallifi:Ldi
Ovoz berganlar:TheBot

Tavsif

Voqea rivojidan yuz yil avval odamzod deyarli “Titanlar”- bahaybat va ongsiz odamxo’rlar tomonidan qirilib ketgan. Qonli hujumdan tirik qolanlar titanlarning navbatdagi hujumidan saqlanish uchun ulkan va mustahkam devor quradi. Ammo yuz yil o’tib, ulkan poydevor ortida ulg’aygan bosh qahramonlar Eren Yeger, Mikasa Akerman va Armin Arlet titanlarning  qonli hujumining guvohi bo’lishadi. Yangi hujumdan odamzod orqa devorga chekinadi. Ko’z o’ngida onasining vaxshiyona o’limini ko’rgan Eren, barcha titanlarni yakson qilish uchun do’stlari bilan armiya askarlari safiga qo’shiladi. Titanlarga bo’lgan katta nafrat Erenni kuch ortirishga yordam beradi. Ammo voqeada Erenni o’zi bilmagan holda titanga aylanib qolishi, vaziyatni butkul o’zgartiradi.