Ishlab chiqarilgan:Yaponiya
Yil:2009
Janr:Sarguzasht Romantika Fentezi
Turi:TV-1 (13)
Rejisyor:Takaxasi Takeo
Asl muallif:Xasekura Isuna
Studiya:BRAINS
Subtitrlar muallifi:Sanatoki
Ovoz berganlar:Subtitorda

Tavsif

Savdogar Kraft Lourens uzoq orzuyi — shaharlarning biriga joylashib, do’kon ochish orzuyini amalga oshirish uchun dunyo bo’ylab sayohat qiladi. Navbatdagi qishloqdan aravasida bug’doy bilan qaytayotib, u aravasida bug’doy donlarida uxlayotgan qizni topadi. U noodatiy ko’rinishga ega edi: Yalong’och, bo’riniki kabi dum va quloqlari bor. U uyqudan turgach, Lourensga bu yerning aholisi uni hosildorlik ma’budasi ekanligini, unga minnatdorchilik sifatida sovg’alar hadya qilishilarini, nomiga atab har yili hosildorlik bayrami o’tkazishlarini aytadi. Biroq, u o’zini ma’buda deb hisoblamaydi va uning ismi Holo. Oxirgi paytlarda qishloq aholisining rivoj topishi bilan aholi Hologa tayanmay qo’yishdi va endi unga ishonishmaydi. Holo o’zinig yurtiga, shimolga qaytishga qaror qiladi va Lourensdan qarzdor bo’lib qolmasligini vada qilib, undan yurtigacha olib borishni so’raydi. Lourens hammasini yaxshilab o’ylab ko’rib rozi bo’ladi…